TARIXIY SANALAR 

305-yil -Xorazm davlati poytaxtining Tuproqqal'adan Katga ko`chirilishi. 
353-yil -Xioniylarning Sug`d viloyatiga kirib kelishi. 
IV asrning 70-yillari - O`rta Osiyoda xioniylar hukmronligining
o`rnatilishi. V asrning 20-yillari - Toxarlarning Amudaryo havzasiga kirib kelishi. 
V asrning o`rtalari -Eftaliylarning O`rta Osiyoga kirib kelishi. 
V asrning ikkinchi yarmi - Eftaliylar davlatining tashkil topishi. 
552-yil -Bumin boshliq Turk xoqonligining tashkil topishi. 
585-586-yillar -Abruy boshchiligida Buxoroda ko`tarilgan xalq
qo`zg`oloni. 
588-yil -Turk xoqonligining Sharqiy va G`arbiy qismlarga bo`linib ketishi. 
622-yil, 16 iyul - Xijriy qamariy yil hisobini boshlanishi. 
632-yil -Arab xalifaligining tashkil topishi. 
651-yil -Marv shahrining xalifalik tomonidan egallanishi va Xurosonda
maxsus noiblikning tashkil etilishi. 
667-yil -Arablarning Chag`oniyonga yurishi. 
673-yil -Ubaydulloh ibn Ziyodning Buxoroga bostirib kirishi. 
676-yil -Said ibn Usmonning Buxoroga yurishi. 
707-yil -Qutayba ibn Muslimning Movarounnahrga bostirib kirishi. 
710-yil -Naxshab va Keshning bosib olinishi. 
711-yil -Qutaybaning Xorazmga yurishi. 
712-yil -Sug`d va Samarqandning bosib olinishi. 
713-yil -Arablarning Shosh viloyatiga yurishi. 
715-yil -Xalifalik tomonidan Farg`jna vodiysining bosib olinishi. 
720-yil -G`urak va Divashtichning qo`zg`olonlari. 
747-750-yillar -Abu Muslim qo`zg`oloni va hokimiyatning
Abbosiylar qo`liga o`tishi. 
769-783-yillar -Muqanna va "Oq kiyimliklar" qo`zg`oloni. 
VIII asr o`rtasi -Qarluqlar davlatining tashkil topishi. 
806-810-yillar -Rofe ibn Lays boshliq Movarounnahr va Xuroson
aholisining qo`zg`oloni. 
873-yil -Safforiylar davlatining tashkil topishi. 
888-yil -Movarounnahrda Ismoil Somoniy hukmronligining
boshlanishi. 
IX asr oxiri -O`g`uzlar davlatining tashkil topishi/ 
X asr o`rtalari -Qoraxoniylar davlatining tashkil topishi. 
X asr oxiri -G`aznaviylar davlatining tashkil topishi. 
999-yil -Somoniylar hukmronligining barham topishi. 
1004-yil -Xorazm Ma'mun akademiyasi. 
XI asr -Saljuqiylar davlatining tashkil topishi. 
1141-yil -Qatvon jangi. 
IX-XII asrlar -O`zbek xalqining tashkil topishi. 
XII asrning ikkinchi yarmi - Xorazmshohlar davlatining qayta
tiklanishi. 
1206-yil -Malik Sanjar qo`zg`oloni. 
1218-yil -O`tror fojiasi. 
1219-yil -Mo`g`ullarning Movarounnahrga hujumining
boshlanishi. 
1219-1221-yillar -Mo`g`ullar bosqiniga qarshi kurashda Xo`jand
hokimi Temur Malik jasorati. 
1220-yil -Mo`g`ullarning Buxoro va Samarqandni bosib olishi. 
1221-yil -Chingizxonning Urganchni bosib olishi. 
1221-1231-yillar -Sulton Jaloliddin Manguberdining mo`g`ullarga qarshi
kurashi. 
1221-yil -Jaloliddin Manguberdining Parvon dashti va Sind daryosi bo`yida
mo`g`ullarga qarshi janglari. 
XIII asr 2O-yillari -Chig`atoy ulusining tashkil topishi. 
1238-yil -Mahmud Torobiy qo`zg`oloni. 
1272- 1273-yillar -Hulokuiylar tomonidan Kesh, Naxshab va
Buxoroning talon-toroj qilinib,
vayron etilishi. 
1336-yil, 9-aprel -Sohibqiron Amir Temurning tavallud topgan kuni. 
1365-yil -"Loy jangi". 
1365-yil -Samarqandda sarbadorlar qo`zg`oloni. 
1370-yil -Amir Temurning hokimiyat tepasiga kelishi. 
1391-yil -Qunduzcha jangi. 
1394-yil -Mirzo Ulug`bek Muhammad Tarag`ay tavallud topgan yil. 
1395-yil -Terek daryosi bo`yidagi jang. 
1402-yil -Anqara jangida Sohibqiron Amir Temurning g`alabasi. 
1403-yil -Ispaniya elchisi Rui Gonzales de Klavixoning
Samarqandga tashrif buyurishi. 
1417-yil -Buxoroda Ulug`bek madrasasining qurilishi. 
1417-1420-yillar -Samarqandda Ulug`bek madrasasining bino
qilinishi. 
1424-1428-yillar -Ulug`bek rasadxonasining qurilishi. 
1429-yil -Samarqand akademiyasi "Dorul ilm"ga asos solinishi. 
1433-yil -G`ijduvonda Ulug`bek madrasasining qurilishi.